Real Benfika bilan o'yinda Ryudigerni asosiy tarkibga qaytaradi

Real Benfika bilan o'yinda Ryudigerni asosiy tarkibga qaytaradi

Madridning “Real” jamoasi markaziy himoyachi Antonio Ryudigerni Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bahsda start tarkibiga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Qirollik klubi” pley-off bosqichi javob uchrashuvida “burgutlar”ni o'z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv chorshanba kuni bo'lib o'tadi. “Gazeta.Ru” Diario AS'ga tayanib yozishicha, Alvaro Arbeloa boshchiligidagi murabbiylar shtabi La Ligada “Osasuna”ga qarshi o'yinda (1:2) zaxirada qolgan Ryudigerni bu safar ilk daqiqalardan maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, “Real” 32 yoshli futbolchining salomatligini xavf ostiga qo'ymaslik niyatida: u to'liq tiklanib olmaguncha, haftasiga ikki marta o'ynatishdan tiyilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, ilk uchrashuvda Arbeloa jamoasi Lissabonda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.