Noyer Dortmundga qarshi o'yinda maydonga tushib qolishi mumkin

Noyer Dortmundga qarshi o'yinda maydonga tushib qolishi mumkin

Fevral o'rtalarida Manuel Noyer jarohat oldi va dastlab u uch haftacha safdan chiqdi, degan xabarlar tarqalgan edi. Biroq «Bavariya» sardori kutilganidan tezroq safga qaytishi ehtimoli paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild nashri ma'lumotiga ko'ra, dushanba kuni Noyer darvozabonlar murabbiyi hamda reabilitatsiya bo'yicha mutaxassis bilan birga maydonda mashg'ulot o'tkazdi. U hozircha murakkab mashqlarni bajarmagan bo'lsa-da, to'p bilan ishlagani tiklanish jarayoni ijobiy ketayotganini anglatadi.

Germaniyada esa Noyer 28-fevral, shanba kuni Dortmundning «Borussiya»siga qarshi uchrashuvdayoq maydonga tushib, barchani hayratda qoldirishi mumkinligi haqida gap-so'zlar yurmoqda.

Hozir «Bavariya» Bundesligada peshqadam, ikkinchi o'rindagi «Borussiya» esa myunxenliklardan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.