Al-Nasr Zhorzhe Zhezush bilan kelajakni bog'lamoqchi

Al-Nasr Zhorzhe Zhezush bilan kelajakni bog'lamoqchi

«Al-Nasr» rahbariyati bosh murabbiy Zhorzhe Zhezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Saudiya Arabistonidan chiqqan xabarlarga ko'ra, klub portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ichida murabbiyning ishidan mamnun ekani va kelasi mavsumda ham aynan u bilan ishlash istagi borligi ta'kidlanmoqda.

Avvalroq, agar Krishtianu Ronaldu yozda jamoani tark etsa, Zhezush ham ketishi mumkinligi haqida gaplar chiqqandi. Biroq yulduz hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolmoqchi ekanini bildirgan.

Zhezush «Al-Nasr»ni o'tgan yil iyulidan buyon boshqarib kelmoqda. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.