Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klubda taranglik kuchaydi

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klubda taranglik kuchaydi

Kon'yaspor maydonida kutilmagan mag'lubiyatdan keyin «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqidagi xabarlar ko'paydi. TR24 ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manba yozishicha, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar e'tiborini yanada oshirdi.

Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o'yini bor «Fenerbahche» yaqin orada ularga yetib olishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.