Filimonov Safonovning PSJdagi o'yinini yuqori baholadi

Filimonov Safonovning PSJdagi o'yinini yuqori baholadi

Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Filimonov Matvey Safonovning PSJ safidagi chiqishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Filimonovning aytishicha, Safonov ketma-ket to'rtta penaltini qaytargani haqida eshitgan. U bu holatni “performans” deb emas, balki darvozabonning mahorati sifatida baholadi: “Performansni muxlislar qiladi, bu esa Safonovning ustaligi”, — deya uning so'zlarini keltiradi “Chempionat”.

Safonov fransuz klubida birinchi raqam maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. U joriy mavsumda PSJ tarkibida Chempionlar ligasida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol o'tkazdi va bitta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi.

Shuningdek, darvozabon Liga 1 doirasida 6 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol o'tkazdi. Shu bahslardan 3 tasida Safonov “nol”da o'ynab, jamoasini gol o'tkazishdan asradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.