Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Buriramga yutqazdi

“Shanxay Shenchxua” Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram Yunayted” uchrashuv boshidayoq ketma-ket ikki gol urib, o‘yinning yo‘nalishini belgilab qo‘ydi. Tez orada “Shanxay Shenchxua” bir futbolchiga kamayib qolganidan keyin esa intriga deyarli so‘ndi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenchxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.