Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

Al-Hilol Karim Benzemasiz qolib ketishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi transferi Karim Benzema jamoa mashg‘uloti chog‘ida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz hujumchining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta so‘roq ostida. Benzema tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin tiklanish muddati aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema bu qishda «Al-Ittihod»ni tark etib, «Al-Hilol»ga o‘tgan edi. U yangi jamoasi safida uch o‘yin o‘tkazib, uchta gol va bitta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.