Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda «Mevlanakapi Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o‘rtasidagi bahsda darvozabon to‘pni uzoqqa tepmoqchi bo‘ladi, biroq u maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yerga qulagach, har ikki jamoa futbolchilari darhol uning yoniga yugurib boradi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni tushunib, chayqaga bilvosita yurak massajini amalga oshiradi, so‘ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshiradi.

Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Bir muddat ucha olmasligi aytilmoqda, biroq veterinarlarga topshirilgach, qushning ahvoli asta-sekin yaxshilanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.