Turkiyadagi uchrashuvda futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyadagi uchrashuvda futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o‘tgan «Mevlanakapy Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Lavhada darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, biroq u maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yerga qulashi bilan har ikki jamoa futbolchilari uning yoniga yugurib boradi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishni boshlaydi, so‘ngra qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshiradi.

Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Bir muddat ucha olmasa-da, veterinarlarga topshirilgach, qushning ahvoli asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.