Norvegiya klubi San Siroda yana tarix yaratdi

Norvegiya klubi San Siroda yana tarix yaratdi

Yevropa Chempionlar ligasida "Inter" omadsiz seriyani davom ettirdi: ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivu boshqaruvidagi milanliklar norvegiyalik "Bude-Glimt"ga ikki uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdi. Javob bahsi esa "Inter"ning o'z maydoni — "San-Siro"da mag'lubiyat bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qizig'i, norveg klublari uchun "San-Siro" Chempionlar ligasida avval ham omadli stadion bo'lgan. Qariyb 30 yil avval, 1996 yil dekabrida "Rusenborg" ham xuddi shu arenada "Milan"ni 2:1 hisobida taslim etib, shov-shuvli natija qayd etgandi.

O'sha g'alaba guruh bosqichi doirasida bo'lgan, biroq ahamiyati nihoyatda katta edi: so'nggi turda yuz bergan mag'lubiyat "Milan"ning turnirdan chiqib ketishiga sabab bo'lgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.