Liverpul va Chelsi APLdagi boshqa klub yulduziga ko'z tikdi

«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers Premyer-liganing yetakchi jamoalari kuzatuvida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi noyabr oyida birmingemliklar bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaganiga qaramay, yaqin kelajakda uning ketishi ehtimoldan xoli emas. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, «Liverpul» va «Chelsi» Angliya terma jamoasi хавбекiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Transfer bo'yicha dastlabki muzokaralar yozda boshlanishi mumkin.
Transfermarkt Rodjersning bozor qiymatini 70 mln yevroga baholamoqda. U joriy mavsumda 38 uchrashuvda 10 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













