Turkiyada o‘yinda futbolchi jarohatlangan chag‘alaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘yinda futbolchi jarohatlangan chag‘alaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Mevlanakapi Guzelhisar» – «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Lavhada darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, biroq zarba maydon uzra uchib o‘tayotgan chag‘alaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yerga qulagach, har ikki jamoa futbolchilari zudlik bilan uning oldiga yugurib borishadi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tezda anglab, chag‘alaga bilvosita yurak massaji qilishni boshlaydi.

Keyinroq futbolchi chag‘alani maydon chetidagi tibbiy xodimlarga topshiradi. Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chag‘ala tirik qolgan: u bir muddat ucha olmaydi, ammo veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.