Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentinaning «River Pleyt» klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis mamlakat chempionati doirasidagi «Banfild»ga qarshi o‘yindan so‘ng lavozimini topshiradi. Uchrashuv 26 fevralga belgilangan. Galyardoning ixtiyoriy iste’fosi jamoaning so‘nggi natijalari qoniqarsiz ekani bilan izohlanmoqda: hozircha «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Galyardo «River Pleyt» bilan murabbiy sifatida ikki bor ishlagan. 2014–2022 yillarda u jamoa bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritib, mamlakat chempionligini yutdi hamda Libertadores kubogida ikki marta g‘alaba qozondi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.