Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenshua ACLda mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenshua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanghai Shenshua” yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi uchun kurashish imkonini boy berdi. 8-turda “Buriram United”ga qarshi bahs Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, ammo “eshikni qarsillatib yopish”ning iloji bo'lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylar foydasiga yakunlandi. “Buriram United” birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki marta raqib darvozasini ishg'ol qildi, keyin esa “Shanghai Shenshua” maydonda bir futbolchiga kam qolib, o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanghai Shenshua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.