Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Bavariya Flikni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Xans-Diter Flik “Barselona”ni La Liga doirasidagi “Vilyarreal”ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Seshanba kuni germaniyalik mutaxassis 61 yoshni qarshi oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu munosabat bilan “Bavariya” ijtimoiy tarmoqlarda Flikka murojaat qildi. Myunxen klubi “Tug'ilgan kuningiz bilan, Xansi”, deya tabrik yo'lladi.

Flik 2019–2021 yillarda “Bavariya” bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Uning davrida jamoa ikki bor Bundesligani yutdi, shuningdek Chempionlar ligasi, Germaniya Kubogi, Germaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi va Klub o'rtasidagi jahon chempionati trofeylarini ham qo'lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” “Vilyarreal”ni fevral oyining so'nggi kunida qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.