Gʻradilenko Juventus Galatasaroyni 3:0 yutadi deb o'ylaydi

Gʻradilenko Juventus Galatasaroyni 3:0 yutadi deb o'ylaydi

Moskvaning «Spartak» klubida toʻp surgan Dmitriy Gʻradilenko Chempionlar ligasi pley-off bosqichida «Yuventus» va «Galatasaroy» o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘yicha o‘z taxminini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning fikricha, turinliklar uchun eng real ssenariylardan biri — o‘yin penaltilar seriyasigacha borib, «Yuventus» keyingi bosqichga chiqishi. U yana bir, tavakkalroq variant sifatida aniq hisobni ham aytdi: 3:0.

«Yuventus» — «Galatasaroy» bahsi bugun, 25-fevral kuni Turin shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Dastlabki o‘yinda «qari sinyora» 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.