Norvegiyada Xaykin terma jamoaning asosiy darvozaboni bo'lishi kutilmoqda

Norvegiyada Xaykin terma jamoaning asosiy darvozaboni bo'lishi kutilmoqda

«Bude-Glimt» darvozaboni Nikita Xaykin Norvegiya fuqaroligini olganidan so'ng mamlakat terma jamoasida birinchi raqamga aylanishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik jurnalist Yan Petter Salvedt rossiyalik posbonning klubdagi o'yinlarini yuqori baholab, u Chempionlar ligasida ham o'zini juda yaxshi ko'rsatayotganini ta'kidladi.

«O'ylaymanki, yozda u milliy jamoada birinchi raqam bo'ladi», — deya Salvedtning so'zlarini keltiradi «Chempionat».

Avvalroq Xaykin Norvegiya fuqaroligini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ketayotganini ma'lum qilgandi.

Kecha «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi bahslarida Milan «Inter»ini musobaqadan chiqarib yubordi va turnirning 1/8 finaliga yo'l oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.