Buffon Inter hujumchisi Espozito haqida yuqori baho berdi

Buffon Inter hujumchisi Espozito haqida yuqori baho berdi

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon «Inter» hujumchisi Franchesko Pio Espozito haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Buffonning ta’kidlashicha, yosh forvard barchaning kutganidan ham oshib tushishi mumkin. «Agar men “Inter”da bo‘lganimda, tavakkal qilib unga ishonch bildirardim. U o‘ziga xos yigit: haqiqiy professional va hayratlanarli darajada kamtar», — deya uning so‘zlarini Nerazzurri Society keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Espozito — «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda 20 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 35 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Espozitoning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.