Gvardiola ketadigan bo'lsa, asosiy maqsadini aytdi

Gvardiola ketadigan bo'lsa, asosiy maqsadini aytdi

Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunida «Manchester Siti» bosh murabbiyligi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Touchline xabariga ko'ra, manchesterliklar bilan davri tugaganidan keyin ispaniyalik mutaxassisning eng katta orzusi bitta — jahon chempionatida g'alaba qozonish. Gvardiola muayyan bir terma jamoani boshqarishni maqsad qilmagan, u xalqaro maydonda sovrinlar uchun kurasha oladigan raqobatbardosh terma bilan ishlashni istaydi.

Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida «shaharliklar» 18 ta sovrinni qo'lga kiritdi: Angliya chempionatida olti marta g'olib bo'ldi va Chempionlar ligasini ham yutdi. Mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.