Salemakers Milan maglubiyatidan keyin oldinga intilishni aytdi

Salemakers Milan maglubiyatidan keyin oldinga intilishni aytdi

Belgiyalik yarim himoyachi Aleksis Salemakers Italiya A Seriyasining so‘nggi turida “Milan” uchragan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Ushbu natija “rossoneri”ning ketma-ket 24 o‘yindan iborat yutqazmaslik seriyasiga yakun yasadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, mavsumning ilk turida “Kremoneze”dan yengilgach, “Milan” o‘tgan dam olish kunigacha raqiblarga imkon bermay kelayotgandi. “Albatta, hafsalamiz pir bo‘ldi. Ammo boshqa yo‘l yo‘q — hamjihat bo‘lib oldinga yurishimiz kerak”, — deya Salemakers so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

“Milan” so‘nggi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan — o‘shanda jamoa “Inter”ni ikki ochko farqi bilan ortda qoldirgandi. “Rossineri”ni o‘sha paytda Stefano Pioli boshqargan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.