Chelsi Ronaldu bo'yicha Yevropaga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda

Chelsi Ronaldu bo'yicha Yevropaga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi Yevropaga qaytish haqidagi gap-so'zlar yana kuchaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral boshlarida portugaliyalik futbolchi jamoasining ketma-ket ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgan, keyin esa tarkibga qaytib, Saudiya Arabistonida qolish niyati borligini bildirgan edi. Shunga qaramay, Football Insider xabariga ko‘ra, 41 yoshli yulduzning vaziyatini "Chelsi" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Manbada ta’kidlanishicha, bunday kelishuvni moliyaviy jihatdan ko‘tara oladigan Yevropa klublari ko‘p emas, "ko'klar" rahbariyati esa superyulduzni olib kelish katta tijoriy foyda berishiga ishonmoqda.

Ronaldu"ning "Al-Nasr" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 12 mln yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.