Ronalduning goli Al-Nasrni yirik g‘alabaga boshlab bordi

Ronalduning goli Al-Nasrni yirik g‘alabaga boshlab bordi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida «Al-Nasr» «Al-Namdja» ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi: portugaliyalik hujumchi 7-daqiqadayoq penalti zarbasini aniq amalga oshirdi.

O‘yin yakunidan ko‘p o‘tmay 41 yoshli Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda suratlar jamlanmasini ulashib, qisqa izoh qoldirdi: «Shu zaylda davom eting!»

Bu natijadan so‘ng Ronaldu faoliyatidagi gollari sonini 965 taga yetkazdi. 1000 gol marrasi tobora yaqinlashib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirgan edi. Kelishuv 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.