Nikolас Jekson Bavariyadagi rolidan norozi bo'lib turibdi

Nikolас Jekson Bavariyadagi rolidan norozi bo'lib turibdi

Myunxenning «Bavariya» klubida hujumchi Nikolас Jekson o'zining jamoa ichidagi holatidan ko'ngli to'lmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild nashri xabariga ko'ra, senegallik futbolchi myunxenliklar safida o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'layotgan yagona futbolchi hisoblanadi. Uning ranjishi jamoa muhitida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roliga ko'nikib, ko'proq daqiqa olish uchun mehnat qilishga urinmoqda.

«Bavariya» Jeksonni 2025 yil sentabrida «Chelsi»dan mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgandi. Bitimda futbolchini 65 million yevroga sotib olish opsiyasi ham bor. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 22 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.