Safonov Chempionlar ligasidagi o'yinda PSJda eng sust bo'ldi

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida PSJ o'z maydonida «Monako» bilan murosaga keldi. O'yin 2:2 hisobidagi golli durang bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Parij klubi asosiy tarkibida darvozabon Matvey Safonov maydonga tushdi. Whoscored tahlilchilariga ko'ra, rossiyalik golkiper PSJning start tarkibidagi eng past baho olgan futbolchiga aylandi — uning o'yini 6,3 ballga baholandi.
Shunga qaramay, Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra «Monako»dan ustun keldi (3:2 va 2:2) hamda UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo'l oldi. Keyingi bosqichdagi raqib qur'a tashlash marosimida aniqlanadi.
Shuningdek, PSJ Safonovga oid alohida murojaat bilan ham chiqdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













