Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib chiqdi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib chiqdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergan edi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnirdan ketishdan oldin so'nggi bor o'zini ko'rsatish imkoniyati bo'ldi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning boshidayoq ikki marta gol urib, o'yin taqdirini hal qildi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kam bo'lib qolgani intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.