Martines Ronaldu endi oldingidek futbolchi emasligini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, u terma jamoaga kelganidan beri Ronaldu o'zini namuna darajasida tutib kelmoqda: jamoa sardori sifatida hammaning oldida o'rnak bo'layapti. Martines futbol tomoni haqida gapirar ekan, Ronaldu endi «Manchester Yunayted»dagi ilk davridagidek qanotda yuguradigan futbolchi emasligini qayd etdi. Murabbiy uning roli boshqacha ekanini, u qat'iy pozitsion intizom talab qiladigan klassik «to'qqizlik» emas, balki hujumlarni yakunlovchi asosiy ijrochi ekanini urg'uladi.
Portugaliya terma jamoasi yaqin yozda jahon chempionatida ishtirok etadi. Turnir AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.













