Finalissima uchun barcha chiptalar bir necha soatda sotildi

Finalissima uchun barcha chiptalar bir necha soatda sotildi

Oradan bir oy o‘tib, 27 mart kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari “Finalissima”da — Yevropa chempioni hamda jahon chempioni o‘rtasidagi superfinalda — to‘qnash keladi. Uchrashuv Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadi va o‘yinga mo‘ljallangan 88 966 ta chipta atigi bir necha soat ichida sotilib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Lionel Messi va Lamin Yamal ishtirokidagi bellashuv muxlislar orasida juda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘yin o‘tkaziladigan arena ham ramziy ahamiyatga ega: aynan shu stadionda Argentina terma jamoasi jahon chempionati finalida fransuzlarni mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, yozda navbatdagi jahon chempionati start oladi: musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Unda ilk bor 48 ta terma jamoa qatnashadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.