Al-Hilol Indzagini ishdan bo'shatishi mumkin, u esa xotirjam

Al-Hilol Indzagini ishdan bo'shatishi mumkin, u esa xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lmadi, biroq so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onagacha tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Repubblica xabariga ko'ra, mamlakatda bosh murabbiy Simone Indzagi atrofida iste'foga oid gap-so'zlar kuchaygan. Manbada ta'kidlanishicha, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda.

Shunga qaramay, Indzagining o'zi vaziyatga sokin qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko'zda tutilgan.

Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi eng ko'p haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o'rinda turadi — undan yuqorida faqat Diyego Simeone. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.