Krkich Chempionlar ligasi qurasi haqida fikr bildirdi va Nyukaslni kuchli dedi

Krkich Chempionlar ligasi qurasi haqida fikr bildirdi va Nyukaslni kuchli dedi

“Barselona”ning sobiq hujumchisi, hozirda klubning sport bo‘limida faoliyat yuritayotgan Boyan Krkich Chempionlar ligasi 1/8 finaliga tashlangan quraga munosabat bildirdi. Bu bosqichda kataloniyaliklar “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Krichning aytishicha, jamoa avvalo o‘z o‘yiniga e’tibor qaratishi kerak. U “Nyukasl”ni kuchli raqib sifatida tilga oldi va “Barselona” bu mavsumda ular bilan allaqachon o‘ynab ko‘rganini eslatdi. “Eng muhimi — uchrashuvga to‘g‘ri holatda yetib borish. Hozir esa oldinda La Liga hamda Ispaniya kubogidagi o‘yinlar bor. Futbolda eng muhim o‘yin — navbatdagisi”, — dedi u UYEFA matbuot xizmatiga.

“Nyukasl” va “Barselona” o‘rtasidagi ilk uchrashuv 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi 18 mart kuni “Kamp Nou”da o‘tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.