Messi Maradona bilan ilk tanishuvi qanday bo'lganini esladi

Messi Maradona bilan ilk tanishuvi qanday bo'lganini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qayerda va qanday uchrashganini so'zlab berdi. Uning aytishicha, bu tanishuv televideniyedagi «La noche del 10» ko'rsatuvi davomida yuz bergan va u yerga Messining o'zi Maradonaning tashabbusi bilan taklif etilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim, amakivachchalarim ham bor edi. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza bo'lgan», — deya Messining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.