Atletiko Grizmanning ketishi haqidagi gaplarni rad etdi

Atletiko Grizmanning ketishi haqidagi gaplarni rad etdi

Madridning «Atletiko» klubida Antuan Grizmanning kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirildi. Klub sport direktori Mateu Alemani hujumchi atrofidagi xabarlarni izohlab, ularning asossiz ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq OAVda 34 yoshli fransuz futbolchisi MLSdagi «Orlando Siti» klubiga yaqin ekani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.

Alemanining aytishicha, bu gaplar oddiy spekulyatsiya xolos. «Antuanning oldinda yana ikki mavsumi bor, u oldidagi vazifalarga to‘liq e’tibor qaratgan, uning o‘yini ham juda yaxshi», — deya keltiradi Goal nashri.

Joriy mavsumda Grizmann barcha musobaqalarda «matraschilar» safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Hujumchining «Atletiko» bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.