Noyer Bavariyaning Atalantaga qarshi bahsini baholadi

Noyer Bavariyaning Atalantaga qarshi bahsini baholadi

Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlandi va uning natijasiga ko'ra Myunxenning “Bavariya” jamoasi Bergamoning “Atalanta” klubi bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Ikki o'yindan iborat qarama-qarshilik haqida nemis grandining darvozaboni Manuel Noyer ham o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Ular bor imkoniyatdan maksimal darajada foydalana olishi bilan taassurot qoldiradi. Eng yaxshi kunida esa ular tog'larni ham ko'chirishi mumkin. Shu bois ilk o'yin Bergamoda o'tkazilgani yomon emas: shundan keyin biz o'zimiz qaysi darajada ekanimizni aniq bilib olamiz”, — dedi Noyer.

“Atalanta” pley-off yo'llanmasi uchun o'yinlarda Dortmundning “Borussiya”sini mag'lub etdi — ikki uchrashuv natijasi bo'yicha umumiy hisob 4:3. “Bavariya” uchun esa italiyaliklarga qarshi bahs ushbu Chempionlar ligasi mavsumidagi pley-off bosqichidagi ilk sinov bo'ladi. Umumiy bosqichda Vensan Kompani jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.