Enrike PSJning hozirgi holatini futbolchilar charchogʻi bilan izohladi

Enrike PSJning hozirgi holatini futbolchilar charchogʻi bilan izohladi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jurnalistlar bilan muloqotda jamoaning ayni paytdagi jismoniy va ruhiy holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis 2024-2025 yilgi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin parijliklar avvalgidek kuchli ko‘rinmayotganini ta’kidladi.

«Bu mavsumda barcha futbolchilar doimo tayyor bo‘lishi mumkin emas. Bu imkonsiz. O‘tgan mavsumdagi yuklama va natijalar “haqi”ni to‘layapmiz. Futbolchilar — mashina emas», — deya Enrike so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum PSJ barcha asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritdi: fransuz chempionati, Fransiya kubogi va Superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasida ham g‘olib bo‘ldi.

Hozirda Enrike jamoasi Liga 1 turnir jadvalida 54 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.