Genrix Mxitaryan Interdan ketish haqida o‘ylamayapti

Milanning «Inter» klubida to‘p surayotgan Genrix Mxitaryan 37 yoshda bo‘lishiga qaramay, faoliyatini yakunlash niyatida emas. U hozircha jamoadan ketish masalasini kun tartibiga chiqarmaganini va yetakchi bo‘lib turgan «Inter»ga hali ham foyda keltira olishiga ishonishini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Hali ham o‘ynashni xohlayman, ketish haqida o‘ylamayapman. 37 yoshdaman, sog‘lig‘imga yaxshiroq qarashim kerak, imkon qadar uzoqroq o‘ynashni istayman. Albatta, endi 20 yoki 22 yoshda emasligimni tushunaman», — deya Mxitaryanning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.
Armanistonlik tajribali yarim himoyachi avvalroq Dortmundning «Borussiya»si, Italiyaning «Roma»si hamda Angliyaning «Arsenal»ida ham o‘ynagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













