Messi Maradona bilan ilk tanishuvi qanday bo'lganini aytdi

Messi Maradona bilan ilk tanishuvi qanday bo'lganini aytdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan birinchi marta qachon va qanday uchrashganini eslab o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining so'zlariga ko'ra, ularning ilk tanishuvi televideniyeda, Maradonaning tashabbusi bilan Messi taklif etilgan «La noche del 10» ko'rsatuvi davomida bo'lib o'tgan.

«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim va jiyanlarim ham bor edi. Ular ham Maradona bilan ko'rishishdi. Bu unutilmas lahza bo'lgan», — deya Messining fikrlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.