Dortmundning Borussiyasi so'nggi 7 yildagi eng zo'r mavsumni o'tkazmoqda

Dortmundning Borussiyasi so'nggi 7 yildagi eng zo'r mavsumni o'tkazmoqda

Dortmundning «Borussiya»si Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida barqaror va ishonchli o'yin ko'rsatib, natijalari bilan e'tiborni tortmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 turdan so'ng «shmeli»lar turnir jadvalida 52 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Bu ko'rsatkich klub uchun so'nggi yetti mavsumdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

28 fevral, shanba kuni «Borussiya» 24-tur doirasida o'z maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.

Derbi oldidan dortmundliklar peshqadam «Bavariya»dan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.