Aston Villa Manchester Siti darvozaboni uchun peshqadam bo'lib turibdi

Aston Villa Manchester Siti darvozaboni uchun peshqadam bo'lib turibdi

"Manchester Siti" tarkibida kam o'yin amaliyoti olayotgan darvozabon Jeyms Trafford yozda klubini o'zgartirishi mumkin. TEAMtalk xabariga ko'ra, hozirda futbolchi uchun kurashda "Aston Villa" eng oldinda bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Trafford atrofidagi vaziyatni "Lids", "Nyukasl", "Tottenhem" va "Vest Hem" ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

23 yoshli darvozabonning qiymati Transfermarkt tomonidan 25 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda u 11 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol o'tkazib yuborgan.

Shanba oqshomida "Manchester Siti" APL doirasida safarda "Lids"ga qarshi bahs o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.