PSJ posboni Safonov billiardga qiziqishi haqida so'zladi

Fransiyaning “PSJ” klubi darvozaboni Matvey Safonov bo'sh vaqtida rus billiardi o'ynashni yoqtirishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu qiziqish “Krasnodar”dagi davridan boshlangan: jamoa bazasida billiard stoli bo'lib, futbolchilar mashg'ulotlardan so'ng bir-ikki partiya o'ynab turishardi.
Safonov Telegram kanalida yozishicha, hammasi uy yonidagi oddiy billiardxonaga do'stlar bilan borishdan boshlangan, keyin esa sezilmay haqiqiy mashg'ulotga aylanib ketgan: u o'z kiyasini ham olgan, hatto individual tarzda shug'ullanib ko'rgan.
Vaqt o'tib, darvozabon billiardni professional darajaga olib chiqmasdan, shunchaki xobbi sifatida qoldirishni ma'qul ko'rganini va o'yinini ataylab rivojlantirishni to'xtatganini ta'kidladi.













