Xavi Laporta raqibi Fontni prezidentlik poygasida qoʻlladi

Xavi Laporta raqibi Fontni prezidentlik poygasida qoʻlladi

“Barselona”ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Xavi klub prezidentligi saylovlarida Joana Laportaga qarshi pozitsiya bildirdi. U Viktor Font ishtirokidagi ommaviy tadbirda qatnashib, uning nomzodini ochiq qoʻllab-quvvatladi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning Sport nashri. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib oʻtamiz, Joana Laporta yaqinda isteʼfoga chiqdi — bu unga navbatdagi muddat uchun yana nomzodini qoʻyish imkonini beradi.

Xavi esa 2023/2024 yilgi mavsum yakunida “Barselona” bosh murabbiyligidan ketgan. Shundan soʻng kataloniyaliklar jamoasini Hans-Diter Flik qabul qilib oldi.

Shanba, 28 fevral kuni “Barselona” Ispaniya chempionatida oʻz maydonida “Vilyarreal”ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Avvalroq Laporta Xavi “Barselona” yana ikki yil raqobatbardosh boʻlmaydi” deganini va 10 nafar futbolchini almashtirishni soʻraganini aytgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.