Gvardiola Chempionlar ligasi nihoyatda murakkab turnir dedi

Gvardiola Chempionlar ligasi nihoyatda murakkab turnir dedi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat darajasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yevropaning eng nufuzli turnirida "shaharliklar" yana bir bor Madridning "Real" jamoasiga ro‘baro‘ keladi — bu safar 1/8 final bosqichida.

"Chempionlar ligasi juda qiyin. Istalgan jamoani ayting — har birining o‘z kuchli tomoni bor. Bu musobaqada uzoqqa bormoqchi bo‘lsangiz, eng kuchlilarni yutishingiz kerak. Aks holda, bunga shunchaki loyiq emassiz", — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" aynan "Real"ga yutqazib, pley-offning qo‘shimcha bosqichidayoq musobaqani tark etgandi. Joriy kampaniyada esa jamoalar umumiy bosqichda to‘qnash kelib, bu safar ingliz klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.