Golovin Anje bilan o'yinda assist qayd etdi

Golovin Anje bilan o'yinda assist qayd etdi

Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin «Monako» safida Fransiya chempionatining 24-turida «Anje»ga qarshi bahsni muvaffaqiyatli o'tkazdi. Uchrashuv «Monako»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

57-daqiqada Golovinning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi, biroq hujum davom etdi va epizod Balogunning goli bilan yakun topdi. Oradan besh daqiqa o'tib esa Golovin assist yozdirib qo'ydi: u jarima maydoni burchagi tomonga Simon Adingraga pas uzatdi, Adingra markazga siljib, to'pni aylanma zarba bilan darvozaga joyladi.

Qayd etish joiz, Golovin «Monako»dagi faoliyatida ilk bor barcha musobaqalarda ketma-ket uchta uchrashuvda golga uzatma muallifi bo'ldi. «Monako» turnir jadvalida 37 ochko bilan yettinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.