Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi qoidalar kuchaytiriladi

Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi qoidalar kuchaytiriladi

2026/2027 mavsumidan boshlab futbol qoidalariga vaqt choʻzishni kamaytirishga qaratilgan yangi tartiblar kiritiladi. BBC xabariga ko'ra, ataylab vaqt choʻzish holati qayd etilsa, toʻp raqib jamoaga beriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agar vaqt choʻzish darvozabonning darvozadan toʻp tepishi (udar ot vorot) paytida aniqlansa, qarshi tomon burchak toʻpi ijro etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Yana bir e’tiborli yangilik: almashtirish chogʻida futbolchiga maydonni tark etish uchun 10 soniya beriladi. U ulgurmasa, maydonga tushadigan yangi futbolchining o‘yinga qoʻshilishi 60 soniyaga kechiktiriladi va jamoa bir daqiqa davomida bir kishi kam bo‘lib qoladi.

Avvalroq futbolga yaqin orada “Vinisius qoidasi” ham kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.