Noboa Rubinning Barselonadagi g'alabasi uchun ulkan bonusni aytdi

Noboa Rubinning Barselonadagi g'alabasi uchun ulkan bonusni aytdi

2009 yil oktyabrida Qozonning «Rubin» klubi Chempionlar ligasida kutilmagan natija qayd etib, «Kamp Nou»da «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. O'sha uchrashuv ishtirokchisi Kristian Noboa g'alaba ortidan berilgan mukofot pullari haqida esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bu faoliyatimdagi eng katta premiyalar edi. Har bir futbolchi 80 ming dollar oldi», — deya Noboaning so'zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».

Noboaning aytishicha, u bu mablag'ni sarflab yubormagan: hech narsa sotib olmagan va pulni jamg'arib qo'ygan, chunki o'shanda ham vazminroq yigit bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 2009/2010 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Rubin» o'z kvartetida uchinchi o'rinni egallagan. Guruhda «Barselona» va «Inter» yuqoriroq, Kiyevning «Dinamo»si esa pastroqda yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.