Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib qo'ydi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib qo'ydi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berib bo'lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan oxirgi urinish bo'ldi, biroq kerakli natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar dastlabki taymning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, keyin esa «Shanxay Shenxua»ning qizil kartochka sabab bir kishi kam qolishi o'yindagi intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.