Gvardiola Holannning qachon qaytishini ayta olmadi

Gvardiola Holannning qachon qaytishini ayta olmadi

"Manchester Siti" APLning shanba kungi uchrashuvida "Lids"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi, biroq jamoa Erling Holannsiz maydonga tushdi. Norvegiyalik hujumchi mashg'ulotda olgan jarohati sabab bellashuvni o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan keyin jurnalistlar bosh murabbiy Xosep Gvardioladan Holannning qaytish muddati haqida yana so'rashdi. Mutaxassis aniq sanani ayta olmasligini bildirib, futbolchini imkon qadar tezroq safga qaytishini istashini ta'kidladi. Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, klub bazasida ichki ma'lumotlarni tarqatadigan "josuslar" yo'q, ammo u muammo unchalik jiddiy emas deb o'ylamoqda.

"Lids"ga qarshi bahsdagi yagona gol muallifi Antuan Semenyo bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.