Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat juda og'irligini aytdi

Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat juda og'irligini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat darajasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Shaharliklar" 1/8 final bosqichida yana Madridning "Real" klubiga qarshi maydonga tushadi.

"Chempionlar ligasi nihoyatda murakkab turnir. Istalgan jamoani ayting — har birining o'z kuchli tomoni bor. Bu musobaqada uzoqqa borishni istasang, eng kuchlilarni yengishing shart. Aks holda bunga munosib emassan", — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

O'tgan mavsumda "Manchester Siti" aynan "Real"ga yutqazib, Yevropaning eng nufuzli turnirini pley-offning saralash bosqichidayoq tark etgandi. Joriy mavsumda esa jamoalar umumiy bosqichda ham to'qnash kelib, o'shanda ingliz grandi 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.