Noboa Rubinning Barselonani yenggani uchun rekord bonusni aytdi

Noboa Rubinning Barselonani yenggani uchun rekord bonusni aytdi

2009 yil oktabrida Qozonning «Rubin» klubi Chempionlar ligasida katta shov-shuvga sabab bo'lgan natijaga erishgandi — jamoa «Kamp Nou»da «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'sha uchrashuvda «Rubin» safida o'ynagan Kristian Noboa yillar o'tib, bu g'alaba uchun futbolchilarga berilgan mukofot pullari miqdorini eslab o'tdi.

«Bu men olgan eng katta premiyalar edi. Har bir o'yinchiga 80 ming dollar berishgan», — deya Noboa so'zlarini «Sport-Ekspress» keltiradi.

Yarim himoyachi ta'kidlashicha, u bu pulni sarflab yubormagan — o'sha paytdayoq vazminroq yigit bo'lgani uchun mablag'ni jamg'armaga olib qo'ygan.

Eslatib o'tamiz, 2009/2010 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Rubin» o'z kvartetida uchinchi o'rinni egallagan. Guruhda «Barselona» va «Inter» yuqoriroq pog'onalarda yakunlagan bo'lsa, Kiyevning «Dinamo»si so'nggi o'rinda qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.