Gvardiola Real bilan o'yin oldidan taqvimdan norozi

Gvardiola Real bilan o'yin oldidan taqvimdan norozi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining o'yinlar taqvimi bo'yicha yana e'tiroz bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shanba kuni "shaharliklar" "Lids"ni minimal hisobda mag'lub etdi, chorshanba kuni esa "Nottingem Forest"ga qarshi bahs o'tkazadi. Keyinroq, 7 mart kuni Gvardiola jamoasi Angliya Kubogida "Nyukasl" bilan maydonga tushadi, oradan to'rt kun o'tib esa Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida Madridda "Real"ga qarshi safar o'yinini o'tkazadi.

"Angliya Kubogidagi "Nyukasl"ga qarshi safar bahsimizni 15:00 o'rniga 22:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qo'yganingiz uchun katta rahmat. Endi Madridga uchishdan oldin tiklanish uchun vaqtimiz yanada qisqaradi. Juda katta minnatdorchilik!" — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi The Touchline.

"Manchester Siti" va "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 martga belgilangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.