Noboa Rubinning Barselonadagi g'alabasidan keyingi bonuslarni aytdi

Noboa Rubinning Barselonadagi g'alabasidan keyingi bonuslarni aytdi

2009 yil oktyabrida Qozonning «Rubin» klubi Chempionlar ligasida katta shov-shuv ko'targan edi: jamoa «Kamp Nou»da «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. O'sha uchrashuvdan keyingi mukofot pullari haqida sobiq yarim himoyachi Kristian Noboa eslab o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Noboaning so'zlariga ko'ra, bu uning faoliyatidagi eng yirik premiyasi bo'lgan. «Har bir futbolchi 80 ming dollardan oldi», — deya uning fikrini «Sport-Ekspress» keltiradi.

Futbolchi o'sha pulga hech narsa xarid qilmaganini, aksincha jamg'arib qo'yganini ta'kidladi. Uning aytishicha, o'sha paytning o'zida ham ancha mulohazali bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 2009/2010 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Rubin» o'z kvartetida uchinchi o'rinni egallagan. Guruhda «Barselona» va «Inter» yuqoriroqda yakunlagan bo'lsa, Kiyevning «Dinamo»si so'nggi pog'onada qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.