Guberniyev 2026 yilgi mundial Zlataustga ko'chirilishini hazillashdi

Guberniyev 2026 yilgi mundial Zlataustga ko'chirilishini hazillashdi

Sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati Shimoliy Amerikadan boshqa joyga ko'chirilishi mumkinligi haqida kinoya aralash fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U ijtimoiy tarmoqlardagi postida: «Sezyapman, mundialni AQSHdan Zlataustga ko'chirishadi... Hammasi shunga ketayotgandek!» deya hazil qildi.

Eslatib o'tamiz, ayni kunlarda Zlataust shahrida biatlon bo'yicha Rossiya kubogi bosqichi o'tkazilmoqda.

Rejaga ko'ra, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Musobaqada 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.

Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yilgi mundial finalida argentinaliklar Fransiyani mag'lub etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.